"Gulnora Karimovaga aloqador pullar O‘zbekistonga qaytarilmasin!"

O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyati bilan shug‘ullanuvchi qator inson huquqlari tashkilotlari Shveytsariya hukumatiga xat bilan murojaat qilib, Gulnora Karimovaning yaqin sheriklariga tegishli bo‘lgan va Shveytsariyada muzlatib qo‘yilgan 1 milliard dollarga yaqin pullarni O‘zbekiston hukumatiga qaytarilmasligini so‘raganlar.

Maktub mualliflariga ko‘ra, bu pullarni rasmiy Toshkentga qaytarmasdan, o‘zbek xalqiga nafi tegadigan ijtimoiy loyihalar yo‘lida sarflash kerak.

Shveytsariyada Karimova xonimga yaqin shaxslarga tegishli ekani ishonilgan Takilant va Svisdorn kabi shirkatlar hisob raqamlari muzlatib qo‘yilgan va Karimova xonimning o‘zi ham tergov qilinmoqda.

BBC maktubga imzo chekkan faollardan biri Umida Niyozovadan maqsadlarini izohlab berishni so‘radi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002