Hamas Islomiy harakati terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarildi

Image copyright AP

Ovro‘po Ittifoqi mahkamasi Falastinning Hamas Islomiy harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatida qoldirish qarorini bekor qildi.

Mahkamaning qarori Hamasning amallarini tekshirish emas, balki "matbuot va internetdagi faktlar"ni hisobga olgan holda qabul qilindi.

Biroq, qora ro‘yxatda bo‘lgan guruhlarga moliyaviy yordam ko‘rsatmaslik qarori yana uch oy Hamasga nisbatan amal qilishda davom etadi.

G‘azoni nazorat etuvchi Hamas harakati joriy yil yozida Isroilga qarshi 50 kun jang qildi.

Hamas uzoq yillar hujumlarni amalga oshirib kelgani va zo‘ravonlikdan voz kechishni istamayotgani tufayli Isroil, AQSh va qator boshqa davlatlar tomonidan "terrorchi" deya ta‘riflanadi.

Image copyright AP

Britaniya esa ulardan farqli ravishda Hamasning qurolli qanotini terrorchi deb hisoblaydi.

Harakat dasturi amalida Isroilni yo‘q qilish eng asosiy maqsad qilib ko‘rsatilgan.

Image copyright AFP
Image caption Isroil G‘azoni bombalashi Hamasga qarshi qaratilganini iddao qiladi

Biroq, harakatning tarafdorlari Hamasni qonuniy qarshilik harakati deb biladilar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002