Qozoqlarning uylarida bo‘ri asrashlari urfga kirmoqda

Image copyright other
Image caption Bo‘ri boqib olayotgan ro‘zg‘orlar Qozog‘istonda tobora ko‘payib borayotgani aytiladi

Qozoq xabar agentliklari ma‘lum qilishicha, qozog‘istonliklar orasida o‘z uylarida bo‘ri boqishdek yangi udum keng tarqalmoqda.

Bo‘rini boqib olayotganlar asosan o‘z xo‘jaliklarini himoya qilishni maqsad qilib olishgan.

Mazkur yovvoyi jonzotlarni bugunda 500 dollarga sotib olish mumkin.

Ko‘pgina qozoq ovchilariga ko‘ra, to‘g‘ri tarbiya va parvarishlash orqali bo‘rini qo‘lga o‘rgatish mumkin.

KTK xabar agentligi bilan suhbatlashgan Nurseit Jilqishbayning bildirishicha, u uch yil avval ovchilardan bo‘ri bolasini sotib olgan va o‘z uyida parvarishlagan.

Jilqishbay janoblarining Kurtka ismli bo‘risi avvaliga odamzotdan juda qo‘rqqan, lekin bugunga kelib o‘rganib qolgan.

"Ularga ko‘p ovqat berish kerak bo‘ladi. Kuniga kamida uch marta. Ular itdan ko‘p ovqat yeyishadi. Oilamizdan hech kim bo‘ridan qo‘rqmaydi", - deydi u.

Bo‘ri boqib olayotgan ro‘zg‘orlar Qozog‘istonda tobora ko‘payib borayotgani aytiladi.

Lekin, kinoshunos Almas Japarovning aytishicha, bo‘rini uyda boqish hayot uchun xavflidir. Undan tashqari, mutaxassisga ko‘ra, bo‘rini boqishdan foyda yo‘q, chunki u o‘zining xur xarakteri tufayli qo‘lga o‘rganishni istamaydi.

"U nima qilishi mumkinligini oldindan bashorat qilish imkonsiz. Bo‘ri bomba kabi bir narsa, kutilmaganda portlashi mumkin. Uni uyda saqlash juda xavfli, harqalay, uyda oilangiz, bolalaringiz bor", - deydi u.

Mutaxassislarga ko‘ra, bo‘ri boqish Qozog‘istonda hukumat tomonidan umuman nazorat qilinmayapti va ularning savdosiga qarshi kurashish kerak.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002