Dunyoda aroq ichishda kim ilg‘or?

Dekabr oyida ko‘pchilik odamlar bayramlar mavsumini nishonlashi bois, alkogolli ichimliklar ichish ko‘payadi. Biroq butun dunyoda qaysi mamlakat aholisining ichish me‘yorlari qanday? Quyida siz sharob eng ko‘p iste‘mol qiladigan beloruslar bilan ko‘proq o‘xshashmisiz yoki aroq iste‘mol qilinmaydigan Quvayt bilanmi?

O‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha beloruslar eng sharobxo‘r ekanlar. Shuningdek, moldovanlar, ruslar, qozoqlar ham aroq ichish bo‘yicha yuqori beshlikka kiritilgan.

Solishtiring

Image copyright BBC World Service
Image copyright BBC World Service

"Boshqa ichimliklar" deganda qaysilar nazarda tutiladi?

Bu turdagilarga Sahroi Kabirdan janubga tomon tariqdan tayyorlanadigan ichimlik ilg‘orlik qilib, o‘ta issiq iqlim sharoitida ko‘p chanqatmaydigan tariq pivasi mashhur ekan.

Tariq Xitoyning Baijiu mahsulotlari ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Baijiuning eng ko‘p talabgor turi Moutai bo‘lib, Mao Tszedunning inqilobiy nomi bilan bog‘lanadi.

Guruchdan qilinadigan Soju Janubiy Koreyada eng ko‘p ichiladi va mahalliy aholi orasida sevimli Jinro Soju ichimligi dunyo bo‘ylab ham savdosi chaqqon hisoblanadi.

Tariqdan tayyorlanadigan suyuqlik makkajo‘xori, guruch, uzumning turli sortlaridan tayyorlanadigan ichimliklar qatori "boshqa ichimliklar" ro‘yxatiga kiritilgan.

Tariq suvsizlikka o‘ta chidamli o‘simlikdir. Afrika davlatlarida tariqdan piva ishlab chiqarish katta katta tijorat sanaladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002