Uznews.net axborot xizmati o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Bu xabar Uznews.net axborot xizmatining web sahifasida e‘lon qilingan.

Web sahifada quyidagi xabar e‘lon qilingan:

"Uznews.net axborot xizmati o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

Barcha o‘quvchilarimizga biz bilan birga bo‘lganlari uchun minnatdorlik bildiramiz. Bizni sobitlik bilan kutgan muhlislarimizga alohida rahmat. Bundan behad muta‘sirmiz.

Uznews.net tahririyati (2005 yil yanvar - 2014 yil dekabr)"

BBC bilan suhbatda Uznews.net axborot xizmati xodimlaridan va tashkilotchilaridan biri Qudrat Bobojonning aytishicha yopilishga asosiy sabab xaker hujumlarining davom etishi va agentlikning O‘zbekistondagi xodimlariga qarshi shantaj holatlari bo‘lgan.

Quyida Qudrat Bobojon bilan suhbatni tinglang.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002