Pokiston: Islomiy jangarilarga shafqat qilinmaydi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Pokiston kelgusi kun ichida yana bir necha nafar jangari qatl etilishini e‘lon qildi.

Avvalroq Pokiston hukumati Peshovardagi maktabda sodir etilgan qirg‘in ortidan o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni olib tashlagandi.

O‘lim jazosiga hukm etilgan ilk mahkumlardan ikki nafari juma kuni qatl etilgan.

Ulardan biri 2009 yilda politsiya qarorgohiga hujum qilgan sobiq askardir.

Shu bilan birga Tolibon qamoqxonalarga hujum qilishi mumkin degan xavotirlar ortidan Pokiston qamoqxonalarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Shayma Xalil Islomoboddan xabar qiladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002