O‘zbekiston: yilning javobsiz qolgan shikoyatlari

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

2014 yil oxirida O‘zbekistonda "Fuqarolarning shikoyatlari to‘g‘risida"gi yangi qonun qabul qilindi.

Bu o‘zbekistonliklarning o‘z shikoyatlari, ariza va takliflarini davlat idoralariga yetkazish yo‘l-yo‘rig‘i tushuntirilgan uchinchi qonundir.

Ilk bor shu nomdagi qonun O‘zbekistonda 1994 yilda qabul qilingan.

So‘ng 2002 yilda qonunga o‘zgartirishlar kiritilgan.

2014 yil 4 dekabrida kuchga kirgan yangi qonunga binoan, endi yozma va og‘zaki shakldan tashqari Internet orqali ham shikoyat qilish mumkin.

Ammo fuqarolarning arzini eshitishga o‘rganmagan O‘zbek amaldori ularning internet orqali yozgan murojaatiga javob beradimi?

Biz ushbu mavzuni shu yil boshida ko‘plab fuqarolarning arizalarini Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga shaxsan topshirishga uringan, ammo bunga muvaffaq bo‘lolmagan huquq faoli Shuhrat Rustamov bilan muhokama qildik.

Shuhrat Rustamovning aytishicha, shu kunda buzilgan huquqlarini tiklashda yordam so‘rab o‘ziga murojaat qilgan fuqarolarning soni 1600 dan oshgan.

"Javob berilmayotgan, ko‘rilmayotgan mening shikoyatlarimning sanog‘i 901 dan oshib ketgan", deydi Shuhrat Rustamov.

O‘zbekistonda qaysi idoraning ustidan shikoyat qilinsa, shikoyatni ko‘rib chiqish o‘sha idoraning o‘ziga yuboriladi.

"Tag‘in ular gerdayib o‘shqirib qo‘yadi: qayoqqa yozsang, yozaver! Baribir mening o‘zimga keladi, deb" deydi Shuhrat Rustamov.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002