Putin aroq narxining oshishiga qarshi

Image copyright Getty

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Davlat kengashida chiqish qilib, spirtli ichimliklar narxlari ko‘tarilishini dastaklamasligi, ammo ichkilikbozlikka qarshi kurashish lozimligini aytgan.

"Men aholini sharobparastlikka ruju qo‘yishiga mutlaqo qarshiman. Bunga so‘zsiz qarshi kurashish kerak, albatta, ammo bu kurash sog‘lom yo‘lda bo‘lishi kerak. Spirtli ichimliklar narxini ko‘tarish surrogat mahsulotlar iste‘molini oshiradi", deb aytgan Vladimir Putin.

Rossiya iqtisodi bugungi kunda rubl qiymatining tushishi va inflyatsiya yuqorilashi tufayli jiddiy mushkulotlar bilan ro‘para kelmoqda.

Yarim litrli aroq shu yilning o‘zida 30% qimmatladi.

"Aroqning qo‘lbolasi, turfa surrogatlar va spirtli ichimliklarning paydo bo‘lishi aynan shu qonuniy mahsulotlarga narx oshishidan kelib chiqadi", deb aytdi Rossiya prezidenti.

Putinga ko‘ra, ichkilikbozlikka qarshi kurash xalq orasida madaniyat va sportga qiziqishni kuchaytirish yo‘li bilan olib borilishi kerak.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002