AQSh: “Iordaniya uchog‘ini “Islomiy davlat” urib tushirgani yo‘q”

Image copyright Raqqa Media Center

Amerika mulozimlariga ko‘ra, Suriyada qulagan Iordaniya uchog‘ini “Islomiy davlat” jangarilari urib tushirgani yo‘q.

Bu uchoq “Islomiy davlat” nazorati ostidagi hududda g‘oyib bo‘lgan va keyinroq uchuvchi qo‘lga olingan edi.

ID jangarilari bu uchoqni haroratni ta‘qib etadigan raketa bilan urib tushirishganini da‘vo qilishgandi.

Ammo, Amerikaga ko‘ra, bu da‘vo “dadillarga qarshi”dir.

Iordaniya IDga qarshi AQSh boshchiligidagi ittifoqchi to‘rt arab davlatidan biridir.

F-16 qiruvchi uchog‘i “Islomiy davlat” hududlariga qarshi sentyabr oyi boshlangan havo hujumlaridan beri ilk berilgan talofatdir.

Avvalroq jangarilar bu uchoq uchuvchisi qo‘lga olinishiga doir suratlarni oshkor etishgandi.

Amerika Markaziy Qo‘mondonligi chiqargan bayonotda ID amallari keskin qoralanadi, ammo uchuvchining qo‘lga tushirilgani e‘tirof etiladi.

Bayonotda uchoq halokati sabablari ochiqlanmagan.

Iordaniya chiqargan bayonotda esa “ ayni guruh va ularning tarafdorlari uchuvchining hayoti uchun mas‘ul” ekani urg‘ulanadi.

Uchuvchi Muaz Yusuf Kasasbehning taqdiriga doir xavotirlarni BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham izhor etgan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002