Putin: "Hozir ta‘tilning fursati emas"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hukumat vazirlarining Yangi Yil bayrami ta‘tillarini bekor qilgan. Mazkur qaror mamlakatdagi mavjud iqtisodiy vaziyat bilan izohlangan.

Televideniye orqali namoyish etilgan hukumat majlisida Putin janoblari hozir yanvar oyida olinadigan odatdagi ikki haftalik ta‘tilning fursati emasligini aytgan.

Rubl qiymati o‘zini haminqadar o‘nglayotgani aytilsa-da, ko‘plab rossiyaliklar narx-navolar oshib borayotganidan xavotirda qolishmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002