Huquq faoli Hayitboy Yoqubov mehnat muhojirligi, ekologik vaziyat va bolaligidagi Orol haqida

Inson huquqlari faoli Hayitboy Yoqubov 1956 yil 1 iyunda Xorazm viloyati Xiva shahrida tug‘ilgan.

Odessa politexnika institutida tahsil olgan.

1978-1996 yillarda aloqa bo‘limida muhandis bo‘lib ishlagan.

Hayitboy Yoqubov huquqbonlik faoliyatini sobiq Ittifoqda qayta qurish, oshkoralik davri deb ataladigan 1986 yillarda boshlagan.

Hayitboy Yoqubov Xorazmda 'Birlik' harakatining birinchi a‘zolaridan hisoblanadi.

Xalqaro tashkilotlar va huquq faollari bilan hamkorlikning samarasi o‘laroq 2002 yilga kelib o‘zining 'Najot' inson haqlari tashkilotini tuzgan.

'Najot' tashkiloti O‘zbekistonda, xususan Xorazm viloyatida mehnat muhojirligi muammolari, mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq umumiy ahvolni monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.

Hayitboy Yoqubov oilali, farzandlari bor.

Huquq faoli Hayitboy Yoqubov mehnat muhojirligi, ekologik vaziyat va bolaligidagi Orol haqida

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002