Turkiyada hokim liftdan foydalanishni "taqiqladi"

Image copyright Getty

Turkiya matbuotining xabar berishicha, mahalliy hokimlardan biri ko‘p qavatli jamoat binolarining ilk qavatlariga ko‘tarilish uchun liftlardan foydalanishni man qildi.

Daily Sabah websahifasining xabar qilishicha, ortiqcha vaznga qarshi kurash kampaniyasining bir qismi sifatida Edrin viloyati hokimi Ali Sahin odamlarga zinapoyalardan foydalanishni ko‘rsatma bergan.

Ushbu "taqiq"dan kasalxonalar va qariyalar uylari mustasnodir.

Tibbiy sabab tufayli znapoyadan foydalana olmaydigan uchun ham bu taqiq taaluqli emas.

"Liftdan ko‘ra zinapoyadan foydalanish umringizga umr qo‘shib beradi", degan hokim Ali Sahin.

Hokimga ko‘ra, hozirda jamoat binolariga tegishli bu taqiq kelajakda shaxsiy binolarga nisbatan ham kiritiladi.

"Bu omma sog‘lig‘ini yaxshilash yo‘lida qo‘yilayotgan qadam. Bundan tashqari energiyani tejashga ham yordam beradi", degan Edrin hokimi.

Jamoat binolarida taqiqning ne qadar bajarilayotganini nazorat qilish uchun maxsus nazoratchilar qo‘yilishi rejalangan.

O‘tgan yili huddi shu hokim qahvaxonalarda Turkiyada ana‘na bo‘lgan qahva va choyga ikki bo‘lak qand solib, taqdim etishni taqiqlagandi.

BGN News websahifasining xabar qilishicha, o‘shanda qahvaxonalarga bir bo‘lak qand solish "buyrug‘i" berilgan.

Hokimning taqiqlari Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga turtki bergan.

Twitter da Murod ismli foydalanuvchining yozishicha, "bu taqiqni odamlar aylanib o‘tishni tezda o‘rganib oladilar. Masalan, to‘rtinchi qavatga liftga chiqib, uchinchiga zinada tushish mumkin", deya "tavsiya" qoldirgan u.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer