Ekspert: "O‘zbeklar Rossiya armiyasida xizmat qilishga qiziqmasa kerak"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rus tilida so‘zlashuvchi xorij fuqarolarining kamida besh yil Rossiya armiyasida xizmat qilishiga izn beruvchi farmonni imzolagan.

Rossiyalik ekspertlar ushbu qadamning Ukrainadagi ziddiyatga aloqasi yo‘qligini aytishmoqda.

Ukrainaning bo‘lginchi sharqida rossiyaliklar doxil, ko‘plab xorijiy ko‘ngillilarning jang qilayotgani ma‘lum.

BBC tahlilchisiga ko‘ra, Putinning farmonidan maqsad professional armiyani yaratishdir.

Rossiya qurolli kuchlariga aksariyat ko‘ngillilarning Markaziy Osiyodagi sobiq sovet davlatlaridan kelishi bashorat qilinmoqda.

Xo‘sh, rus armiyasida xizmat qilishning shartlari nima?

Moskvadagi "Muhojirlik va qonun" markazi eksperti Yulduz Aminovaning aytishicha, markaziy osiyolik muhojirlarga Rossiya armiyasi tomonidan to‘lanadigan yaxshi maosh qiziq bo‘lishi mumkin.

Lekin, ayni damda u, o‘zbekistonliklar "qo‘llariga qurol ushlab" yurish emas, balki yer va tabiat bilan ishlashni afzal ko‘radilar degan fikrda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002