Parijdagi jurnal binosiga halokatli hujum

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Frantsiya politsiyasining aytishicha, niqobli qurollilar satirik jurnal Charlie Hebdo idoralariga bostirib kirib, kamida 12 nafar insonni o‘ldirganlar.

Yana kamida besh nafar insonning og‘ir jarohat olgani xabar qilinadi.

Parijda joylashgan jurnal o‘tmishda Islomchilar nishoniga aylangandi.

Hujum mahalliy vaqt bilan tushlikka yaqin yuz bergan. Niqobli shaxslar binoga bostirib kirib, avtomatik qurollardan o‘t ocha boshlaganlar.

Prezident Fransua Holland hujum yuz bergan joyga borgan.

Ziddiyatli maqolalari bilan tanilgan jurnal 2006 yilda Daniyada chop qilingan Muhammad Payg‘ambar suratlarini qayta nashr qilish bilan musulmonlar g‘azabini qo‘zg‘atgandi.

2011 yilda jurnal binosiga o‘t qo‘yilgandi.

Bir yil o‘tib, jurnal Islom payg‘ambarining yalang‘och suratlarini nashr etgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002