Qirg‘iz-Xitoy chegarasida uch kishi ushlangan

Image copyright bbc
Image caption Qirg‘izistonning boshqa davlatlar bilan chegarasida bunday hodisalar ro‘y berib turadi

Qirg‘iziston Chegara xizmati xodimlari Issiq-Ko‘l viloyatining Jeti-Og‘uz tumaniga qarashli Qizil-Eshme hududida chegarani noqonuniy holda kesib o‘tishga uringan uch shaxsni hibsga olganlar.

Chegara davlat xizmati mulozimlari aytishlaricha, qo‘lga tushirilgan insonlar davlatlararo chegara chizig‘iga Xitoy tarafdan kelganlar.

Ular o‘zlarining shaxslarini tasdiqlaygan birorta xujjat ko‘rsatmaganlar.

Chegara xizmati xodimlariga binoan, noqonuniy harakatda gumon qilinayotgan Xitoy fuqarolarining aksariyati Qizil-Suv muxtor viloyatining Yomon-Suv tumaniga tegishli Okchiy kishlog‘ida yashovchi qirg‘izlardir.

Qo‘lga tushirilganlar tintilgan payti ularning yonidan oltita pichoq, chegaraga tutash hududlar xaritasi, 370 yuanga yaqin pul, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari topilgan.

Rasmiy ma‘lumotga ko‘ra, ayni paytda Qirg‘iziston chegarachilari Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi zobitlari bilan birgalikda tergov amaliyotlarini olib bormoqda.

Bu qirg‘iz-xitoy chegarasida kuzatilgan dastlabki hodisa emas.

O‘tgan yilning yanvar oyi oxirida ham Xitoy tomonidan o‘n bir insondan iborat guruh davlatlararo chegara chizig‘ini noqonuniy holda kesib o‘tgan.

Ular Qirg‘iziston hududida joylashgan qo‘riqxona xodimining miltig‘ini tortib olib, o‘zini o‘ldirganlar.

Qurollangan kishilar qirg‘iz chegarachilari bilan otishmada o‘ldirilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002