Ravshan Namozov: "Soch-soqolim tufayli ko‘rinmay ketdim. San‘atim tufayli emas"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qo‘shiq qanday yaraladi? Uning xalq og‘ziga tushishi, millionlab muxlislar xotirasida muhrlanib qolishi uchun nima kerak?

Siz sevgan qo‘shiqlar ularni kuylagan hofizlarning qanday ichki kechinmalari bilan bog‘liq? "Bir qo‘shiq tarixi" ruknimiz ana shu savollarga javob izlaydi.

Bugungi dasturimizda taniqli rok qo‘shiqchisi Ravshan Namozov o‘zining "Hay yor-yor" qo‘shig‘ining dunyoga kelishi, shamanlik, hamda o‘z imidji tufayli rasmiy doiralardan eshitgan tanbehlari haqida so‘z yuritadi.

Dasturni o‘zbekistonlik radio dijey va aktyor Rashid Shadat taqdim etadi. Prodyuser - Ibrat Safo

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002