Halokatga uchragan AirAsia uchog‘i "qora qutisi" suv ostidan olib chiqildi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Indoneziyalik g‘avvoslar halokatga uchragan AirAsia uchog‘ining qora qutisini suv ostidan olib chiqishga muvaffaq bo‘ldilar.

Qora qutida halokatga uchragan onlarda uchoqning dvigatellari qanday ishlagani, uchuvchilar harakatlari, uchoqning tezligi va qanday balandlikda ketayotgani kabi mufassal ma‘lumotlar qayd etilgan bo‘ladi.

Bu ma‘lumoltlarni o‘rganish uchoq halokatiga nima sabab bo‘lganligini aniqlash yo‘lida juda muhimdir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002