Islom hukm surmagan davlatda musulmonlar qanday yashashi kerak?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Frantsiyada barcha dinlarni satira mavzusiga aylantirib kelgan Charli Ebdo jurnalining xodimlari radikal musulmon hujumchilari tomonidan otib o‘ldirildi.

Bu qonli hujum dunyoviy qadriyatlar asosida qurilgan zamonaviy Frantsiya ahlini larzaga soldi. Frantsiya Ovro‘poda eng katta musulmon aholisiga ega bo‘lgan mamlakatdir.

Ovro‘po bo‘ylab ko‘plab musulmon ulamolar hujumni qoraladi va Islom tinchlik dini ekanini aytishdi.

Ammo, Islom dinini haqorat qilganlarga nisbatan musulmonlar qanday yo‘l tutishi kerak? Bu borada Islom dinida qanday yo‘l-yo‘riqlar mavjud? Bu savollarga Shvetsiyadan Sahviy radio blogini yurituvchi diniy ekspert Muhammadsolih Abutov javob beradi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002