Olmoniyadagi aksilislomiy yurishlar: Kim? Nima? Nega?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘tgan yil oktyabridan buyon har dushanba sharqiy Olmoniyaning Drezden shahrida "Vatanparvar Ovro‘poliklar G‘arbning Islomiylashuviga qarshi" - PEGIDA nomli yangi tashkilot "aksilislomiy" namoyishlarni o‘tkazib keladi.

Namoyish qatnashchilari borgan sayin ko‘payib bormoqda, ammo Pegidaga qarshi namoyishlar ham yoyila boshlagan.

Parijdagi Charlie Hebdo jurnaliga hujum Pegidachilarning tegirmoniga suv quyishi mumkin, degan xavotirlar mavjud.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002