3D printeridan chiqarilgan mashinaga "kep qoling"!

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Internet orqali o‘zingiz mashina yasab, maxsus shirkat orqali uni 3D printeridan chiqarib, haydab yurishga qanday qaraysiz?

Agarda Arizonada joylashgan Local Motors shirkati o‘z mahsulotini to‘liq yo‘lga qo‘ya olsa, mashinaga ega bo‘lish kelajagi shunday bo‘lishi mumkin.

Shirkat 2007 yilda tashkil etilgan va o‘tgan sentyabr oyida o‘zining ilk printerdan chiqarilgan mashinasini taqdim etdi.

Shirkat rahbarlaridan biri Jey Rojers BBC muxbiri Samira Hussany bilan Detroytdagi ko‘rgazmada bu kabi mashinaga o‘tirib, namoyish qilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002