"Islomiy davlat" Rossiya foydasiga josuslik qilganlarni o‘ldirgan

Image copyright AFP

"Islomiy davlat" jangarilari Rossiya foydasiga josuslik qilgan ikki erkakni o‘ldirayotgani aks etgan video internet tarmoqlarida paydo bo‘lgan.

Videodagi bu ayblov "Islomiy davlat" jangarisi tilidan yangraydi.

Halokatli o‘qni ko‘rinishidan 14 yoshlardan kichik bola amalga oshiradi. Aytilishicha, qatlni ijro etgan bu bola qozog‘istonlikdir.

Lekin video tez orada YouTube tarmog‘idan olib tashlangan.

Videolavhada jangarilar tomonidan o‘ldirilgan erkaklardan biri o‘zini Qozog‘iston fuqarosi deb tanishtirib, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimi ekanligini aytadi.

Slavyan ism-shariflik ikkinchisi kishi esa o‘zining "sakkiz oy FSBda musulmonlarga qarshi" ishlaganini ta‘kidlaydi.

Ularning ikkalasi ham o‘zining "boshliqlari" nomlarini keltirishadi.

Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati bu vaziyatni izohlamayapti.

Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik Qo‘mitasi Islomiy Davlat internetda e‘lon qilgan video tasvirni o‘rganayotganini aytgan. Kecha You Tube portalida paydo bo‘lgan videoda Suriyada ikki shaxsning qatli qozog‘istonlik deb ishonilgan yosh bola tarafidan amalga oshirilgan. Qozoq maxsus xizmatlari hozircha bu borada sharh berishdan tiyilishini bildirdi.

Rossiya hukumati ma‘lumotlari bo‘yicha, "Islomiy davlat" saflarida 800 dan 1500 tagacha Rossiya fuqarolari jang qilmoqdalar.

Milliy aksilterror qo‘mitasiga ko‘ra, ID guruhlarida "Qovqoz amirligi" guruhi vakillari va "Hizb ut-Tahrir" oqimi tarafdorlari jangovar tajriba orttirishlari ma‘lum.

Shimoliy Qovqozdagi bir qancha jangari guruhlar "Islomiy davlat" bayrog‘i ostiga o‘tganlarini e‘lon qilganlar. Shu bilan birga, boshqa bir qancha guruhlar "Islomiy davlat" bilan aloqalarini uzganlar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002