Karimovning sobiq davlat maslahatchisi Timur Alimov vafot etgan

Timur Alimov(chapdan ikkinchi) iste‘foga chiqquniga qadar kadrlar masalalari bo‘yicha Prezident Islom Karimovning davlat maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan. Image copyright dunyouzbeklari.com
Image caption Timur Alimov(chapdan ikkinchi) iste‘foga chiqquniga qadar kadrlar masalalari bo‘yicha Prezident Islom Karimovning davlat maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan

Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, 19 kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning davlat maslahatchilaridan bo‘lgan Timur Alimov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 78 yoshida olamdan o‘tgan.

Marhum Toshkent shahrida dafn etilgan.

Timur Alimov sobiq Sho‘ro davrida ham rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

1970 yillardan boshlab siyosat sahnasiga kelgan Timur Alimov O‘zbekiston Ministrlar Sovetining ish boshqaruvchisi, Toshkent viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi, Toshkent viloyat partiya qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimlarini egallagan.

Qayta qurish yillaridan so‘ng Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida biroz muddat ishlagan.

1990 yilda O‘zbekiston prezidenti devoniga ishga o‘tgan.

Timur Alimov iste‘foga chiqquniga qadar kadrlar masalalari bo‘yicha Prezident Islom Karimovning davlat maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Timur Alimov O‘zbekiston Xalq yozuvchisi G‘afur G‘ulomning jiyani bo‘lgan.

U O‘zbekiston siyosiy sahnasidagi eng bahsli shaxslardan biri bo‘lgani aytiladi.

O‘zbek muxolifatiga ko‘ra, Timur Alimov rejimning eng sadoqatli arboblaridan biri o‘laroq, mamlakatdagi hurfikrlilikning ashaddiy dushmani edi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002

Your contact details
Disclaimer