Guantanamoni nima kutmoqda?

Image caption Guantanamo "borsa-kelmas"mi?

Yillarki turg‘unlik hukm surgan Guantanamo masalasi so‘nggi payt ancha jonlanib qoldi.

Bu qamoqxona yaratilganidan beri bahsu munozaralar markazida qolmoqda.

Guantanamo masalasi qachon uzil-kesil hal bo‘ladi?

O‘tgan yil davomida 28 nafar Guantanamo mahbuslari qamoqdan ozod qilingan va Qozog‘istonu Urugvay kabi mamlakatlarga jo‘natilgandi.

Hozir Guantanamoda 127 nafar mahbus qolgan.

Ulardan biri britaniyalik Shokir Amir.

Shokir 2002 yildan bu qamoqxonada mahbus.

Amir janoblari va boshqalar bu qamoqxonani tark etarmikanmiz degan ilinjda... kutishmoqda.

Kunlardan biri u katta ekranda futbol tomosha qilib o‘tirgandi.

Shokir tutqunlikda ushlab turilgan bo‘lim "tartibli"lar uchun mo‘ljallangandi.

U boshqa mahbuslar bilan aylanib yurganini biz bir tomondan ko‘riladigan oyna orqali tomosha qilar edik.

Image copyright Getty
Image caption Ayrimlar qachon bu yerni tark etishlari haqida tasavvurga emas

Men bu yerga BBCdan yana boshqa hamkasblarim bilan kelgandim.

Bizga harbiylar hamrohlik qilishar edi.

Koridorlardan biri "Eshikni sekin yoping" degan yozuv osilgandi.

Bu sukunatni faqat qo‘riqchilar eshiklardagi qulflarni kalitlari bilan shaqirlatib ochishi buzar edi.

Farang qahvasining hidi kelar edi bu yerda...

Ichkaridagi stolga bir necha dona olma va noklar qo‘yilgandi.

Yana bir mahbus plastik stulda xuddi avtobus kutayotganday o‘tirgan edi...

"Ularning qo‘lidan kutishdan boshqa hech narsa kelmaydi", deydi Vashingtonlik huquqbon Devid Remis.

U o‘z mijozlarini ko‘rgani kelgandi.

"Mahbuslardan biri menga uning quroli faqat sabr ekanini aytdi".

Bu va boshqa mahbuslarni ozod etish va Guantanamoni yopib tashlash yo‘lida yirik to‘siqlar bor.

Mudofaa vazirligidan aytishlaricha, hozirda 59 mahbusning boshqa mamlakatga ko‘chirish rejasi ma‘qullangan.

Image copyright AP
Image caption "Sabrdan boshqa qurolim yo‘q..."

Xolid Shayx Muhammad doxil o‘n mahbusga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘otilgan.

Boshqa 58 mahbus esa turfa anchayin chalkash...ular orasida ishlari ko‘riladigan va ozod etilishi ehtimoli bo‘lganlar, hech qachon ayblanmagan esa ham ozod etilishi ehtimoli uzoq bo‘lganlar ham bor.

Ozod etilmaydigan mahbuslar alal-oqibatda qayerga borishadi degan savol esa ochiq...

Ular boshqa davlatlarga jo‘natilishi va yo Amerikadagi qamoqxonalarga tashlanishi mumkin.

Bu esa Guantanamo qanchalar bahsli masalaga aylanayotganidan darak beradi.

2009 yil boshlarida Prezident Obama Guantanamoni yopish haqida qaror chiqargan edi.

Ammo kongresdagilar bunga rozi bo‘lishmadi.

Respublikachilar ozod etilganlar yana amerikaliklarga xavf soladi deb xavotirlarini to‘kib solishdi.

Davlat departamentidagi mulozimlardan biri, ozod etilgan mahbuslardan juda ozi yana jangarilik yo‘lini tanlaganini aytadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002