Xalqaro Inqiroz guruhi: radikalizm Markaziy Osiyoga jiddiy xavf tug‘diradi

Xalqaro Inqiroz Guruhi chiqargan hisobotga ko‘ra, "Islomiy Davlat" jangarilari Suriyadagi zo‘ravon yurishlariga tobora ko‘p markaziy osiyoliklarni jalb qilmoqda.

Tashkilotning ogohlantirishicha, agar Markaziy Osiyodagi beshta hukumat bir yoqadan bosh chiqarib, o‘z fuqarolarining jangarilar safiga borib qo‘shilishiga qarshi qo‘shma dasturi amal ishlab chiqmas ekanlar, xususan, xavfsizlik choralarini kuchaytirish bilan birga, ijtimoiy va siyosiy islohotlar o‘tkazmasalar, diniy radikalizm borib borib Markaziy Osiyodagi barqarorlikka tahdid qiladi.

2000 dan 4000 gacha markaziy osiyoliklar "Islomiy davlat" safida jang qilish yoki uni u yoki bu tarzda qo‘llab quvvatlash uchun mamlakatni tark etganlar.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston korruptsiya botqog‘iga botgan, radikal islom xavfini yechish uchun yetarli ish qilmaganlar. Buning o‘rniga ular fuqarolar erkinligini cheklash va xavfsizlik vajida shafqatsiz choralarga qo‘l urmoqdalar, evaziga fuqarolarni radikallashishga o‘zlari majburlamoqdalar, deyiladi Xalqaro Inqiroz guruhi hisobotida.

Image copyright bbc

Markaziy Osiyodagi radikalizmga ta‘sir qiladigan ijtimoiy siyosiy vaziyatni tahlil qilib, shuni ta‘kidlaymizki, mamlakatlar xavfsizlik xizmatlari o‘rtasida aloqani yaxshilash, lekin eng muhimi diniy qonunlarni liberallashtirish va yoshlar, shu jumladan ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni ta‘minlash zarur, deydi Xalqaro Inqiroz guruhi.

Ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sharoit, shuningdek, jihod qilish g‘oyasi Markaziy Osiyoliklarni Islomiy davlat safiga undamoqda. Diniy ta‘limning yetishmasligi va mintaqadagi hukumatlardan norozilik Radikal Islomni kuchayishiga sabab bo‘lmoqda, uni muammoning yechimi sifatida ko‘rsatmoqda, degan xulosaga kelgan xalqaro tashkilot.

O‘zbekiston Islomiy harakati a‘zolari Farg‘ona vodiysida faol targ‘ibot olib borganlar va markaziy osiyoliklaor o‘zlarining guruhlarini faollashtirish uchun foydalanmoqdalar. O‘IH markaziy osiyolik jangchilar va shuningdek g‘arbiy Xitoylik uyg‘urlarni jalb qilish ko‘prigini o‘taydi, deydi Xalqaro Inkiroz guruhi.

Ovro‘po va Osiyo politsiya xizmatlarining Markaziy Osiyodagi xavfsizlik xizmatlari bilan sobiq radikallarni reabilitatsiya qilishda o‘z tajribalarini o‘rtoqlashishlari juda muhim. Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda politsiya kuchlarining ishlash tizimlari sabab ularga ishonchsizlik mavjud.

Image copyright none
Image caption Yuzlab qozog‘istonliklar Suriyada jang qilayotgani haqida ma‘lumotlar bor

Mintaqa tahlilchilari, g‘arb diplomatlari Qozog‘iston va O‘zbekiston xavfsizlik xizmatlari qaytib kelgan jangchilarga nisbatan butunlay toqatsiz siyosat olib borishlarini aytishadi.

Markaziy osiyoga qaytishga urinadigan "Islomiy davlat" tarfdorlari vatanlarida qattiq javob bo‘lishi tufayli Qirg‘izistonga qaytishni ma‘qul ko‘radilar va uni ham xavf ostida qoldiradilar.

Ularning qo‘shni Afg‘oniston va Pokistonga emas, Markaziy Osiyoga qaytganlari yaxshiroq, - deydi Xalqaro Inqiroz guruhining Markaziy Osiyo loyihasi yetakchisi Deydra Taynan. Markaziy Osiyo uchun Suriyaning uzoqligi xavfni bir qadar masofalaydi, - deb aytadi loyiha direktori Pol Jadj. Lekin hukumatlar mintaqa uchun uzoq muddatli xavflarni aniq baholay olishlari lozim va aniq choralarni hozirdanoq ko‘rishlari kerak.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002