Qozog‘istonda uchoq halokatga uchragan

Qozog‘istonning Jambil viloyatida An- 2 uchog‘i halokatga uchrashi natijasida olti inson hayotdan ko‘z yumgan, bir kishi og‘ir jarohat olgan.

Voqea 20 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 15.40da "Shatirko‘l" koni hududida ro‘y bergan. Fojea sabablari o‘rganilmoqda.

Bu haqda Qozog‘iston Ichki Ishlar vazirligi Favqulodda qo‘mitasi xabar qiladi.

Uchoq bortida yetti yo‘lovchi va uch ekipaj bo‘lganlar.

Halokat yuz bergan joyga kon xavfsizlik xizmati xodimlari, Qarag‘anda va Jambil viloyatlari favqulodda hodisalar bo‘yicha boshqarma qutqaruvchilari va Jambil viloyat surishtiruv guruhi yetib borgan.

Uchoq kondan 20 km masofada topilgan.

Fojea natijasida uch yo‘lovchi va uch ekipaj a‘zosi vafot etgan. Bir yo‘lovchi - ayol kishi tirik qolgan. Lekin uning ahvoli o‘ta og‘irligi xabar qilinadi. Ayol og‘ir jarohatlar bilan shoshilinch kasalxonaga olib ketilgan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, uchoq "Kazaxmis" shirkatiga tegishlidir. Shirkatning to‘rt xodimi va uch ekipaj a‘zosi Balxashdan "Shatirko‘l" koniga qarab yo‘nalgan bo‘lganlar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002