Xitoy iqtisodiyoti muammoga duch kelmoqdami?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Xitoy Bosh vaziri Li Ketsyanning ogohlantirishicha, joriy yilda mamlakat iqtisodiyotiga bosimlar kuchayishi mumkin.

Uning bu ogohlantirishi Xitoy iqtisodiy rivojlanishiga oid yangi raqamlar e‘lon qilingan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Yangi rasmiy raqamlarga ko‘ra, mamlakat o‘tgan yil ichida 7.4 foizga o‘sgan, bu oxirgi ni ko‘rsatdi.

Bu Xitoy iqtisodiy o‘sishi oxirgi 20 yil ichida ilk bor eng past darajaga tushganini anglatadi.

Iqtisodiy o‘sish oxirgi o‘n yil ichida ilk bor hukumat bashorat qilgan ko‘rsatkichdan pastroq bo‘ldi.

Xitoy iqtisodiyoti eng gurkirab rivojlangan 2007 yilda o‘sish 15 foizga yetgandi.

Xitoy masalalari bo‘yicha BBC muharriri Karri Greysi Xitoy shimoli-sharqidagi Harbin shahriga safar qildi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002