Amerika: qorbo‘ron bois olti shtatda favqulodda holat e‘lon qilindi

Image copyright Reuters

Juno qor bo‘roni Nyu York va AQShning shimoli-sharqdagi qator shaharlarini falajlab qo‘ygan.

Meteorologlarga ko‘ra, yaqin soatlarda 90 smgacha qor tushib, shamolning tezligi soatiga 120 kmga yetishi mumkin.

Image copyright Getty

Nyu Yorkda qutqaruv mashinalaridan boshqa har qanday avtotransport harakati taqiqlangan, metrolar to‘xtatilgan. Aviashirkatlar tomonidan 6,5 ming parvoz bekor qilingan.

Nyu-York, Nyu-Jersi, Konnektikut, Rod-Aylend, Massachusets va Nyu-Gempshir shtatlarida Juno bo‘roni tufayli favqulodda holat joriy etilgan.

Bu shtatlarning millionlab odamlariga uylarini tark etmaslik maslahati berilgan.

Favqulodda holat ostidagi hududlarda qariyb 60 mln aholi yashaydi.

Odamlardan katta yo‘llardan iloji boricha uzoqroq bo‘lishlari, hamda oziq-ovqat va zarur mahsulotlarni g‘amlab, uyda o‘tirishlari so‘ralmoqda.

Image copyright AP

AQSh Milliy meteorologiya xizmatiga ko‘ra, shimoli-sharqdan yaqinlashib kelayotgan qor bo‘roni keyingi o‘n yilliklardagi eng xavflisi bo‘lishi kutiladi.

Image copyright Reuters

Qorbo‘ron kechga borib avjiga chiqishi haqida ogohlantirilgan.

2012 yilning oktyabr oyida AQSh sharqiy qirg‘oqlariga yopirilgan "Sendi" to‘foni oqibatida 100 ga yaqin inson halok bo‘lgan edi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002