Osventsim qush parvozi balandligidan

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Osventsim Ikkinchi Jahon urushida tashkil qilinigan eng yirik kontslager bo‘lgan.

1940 yildan 1945 yilgacha bu yerda bir milliondan ortiq inson halok bo‘lgan, ularning aksari yahudiylar bo‘lganlar.

Polsha hududidagi Osventsim jamlog‘i bugun Jahon Merosi inshootiga aylantirilgan.

Har yili Osventsimga minglab sayyohlar va sobiq tutqunlar tashrif buyuradilar.

27 yanvar kuni Osventsim lageri Sho‘ro askarlari tomonidan ozod etilganining 70 yilligini nishonlandi.

Shu munosabat bilan BBC Jahon xizmatining Global Video Unit bo‘limi dron yordamida bugungi Osventsimni tasvirga olgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002