Yosh o‘z so‘zini aytdimi: 90 yoshli Mugabe yiqilib tushdi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Hammasi xalqning ko‘z o‘ngida yuz berdi va jurnalistlarning videokameralariga ham tushishga ulgurdi.

Zimbabve prezidenti poytaxt Harareda nutq irod qilib bo‘lib, mashinasiga qaytmoqchi bo‘ldi.

Ammo bor-yo‘g‘i uch-to‘rttagina zinadan eplab tusholmadi: Qoqildiyu, yiqilib tushdi.

Sathda bo‘lgan ayrim fotograflarning aytishlaricha, shuncha qilgan zahmatlari zoye ketgan.

Xavfsizlik xizmati xodimlari prezidentning yiqilgan holati aks etgan suratlarni vayron qilishga majbur qilishgan.

Prezidentning voizi esa, yuz bergan hodisa yuzasidan izoh olmoqchi bo‘lganlarga tutqich bermagan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz: 44 7858 860002