AQShda uch musulmon talaba otib o‘ldirilgan

Shimoliy Korolina shtati politsiyasi uch talaba o‘limi orqasidan qotillikda gumon bilan 46 yoshli Kreyg Stefan Hiksni qo‘lga olgan.

Politsiya qotillikka nima sabab bo‘lganini o‘rganmoqda. Ma‘lumotlarga ko‘ra, Stefan Hiks o‘zini xudosiz sanagan.

Dea Barakat va uning xotini Yusor Muhammad Abu Salha va singlisi Razan Muhammad Abu Salhaning jasadi ular yashab turgan uyda topilgan.

Talabalar boshidan otib o‘ldirilgan.

Image copyright TWITTER

Hozircha shunisi aniqki, halok etilgan talabalar musulmon bo‘lganlar.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda qurbonlar e‘tiqodlari sabab nishonga olinganlari haqida turli fikrlar bildirilmoqda. Minlab foydalanuvchilar Amerika ommaviy axborot vositalarining qotillikni yoritishga munosabatini, e‘tiborsizligini keskin tanqid qilganlar.

#ChapelHillShooting hashtagi AQSh, Britaniya, Misr, Saudiya Arabistoni va qator Yaqin Sharq mamlakatlari foydalanuvchilari tomonidan 300,000 martadan ko‘p ishlatilgan.

"Chapel Hill Massacre" arab tilida 13 ming martadan ortiq twit qilingan.

23, 21 va 19 yoshlarda bo‘lgan uch talaba Karolina universiteti yaqinidagi Chapel Xil tumanida bir uyni ijaraga olib, istiqomat qilib kelishgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002