Rashod qori Kamolov ikki oyga hibsda qoldirilgan

Ikki kun oldin hibsga olingan diniy faol Rashod qori Kamolov O‘sh shahri mahkamasining qarori bilan ikki oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Maxkama jarayoniga hakam Abdraim Kozuyev raislik qilgan.

Rashod qorini Valeryan Vahitov, Nazgul Suyumbayeva va Husanboy Saliyev himoya qilishgan.

Valeryan Vahitov BBC bilan suhbatda: "Men faqat militsiya xodimlarining bitta qo‘ng‘irog‘idan so‘ng shu idoraga yetib borib, O‘sh shahri ichki ishlar boshkarmasi rahbarining o‘rinbosari xonasida mahkama yig‘ini o‘tkazgan hakamga ishona olmayman, deb bildirdim", - deydi.

Advokatga binoan, barcha himoyachilar mahkama yig‘ini qonunga munosib, shahardagi mahkama idoralarning birida o‘tkazilishini va hakam Abdraim Kozuyevning chetlatilishini talab qilishgan.

Lekin hakam ushbu talablarni inkor etgan.

Shu bilan birgan Rashod qori Kamolovning himoyachilari tergov idorasi sudlanuvchi haqiqatan tergovdan qochib ketishi ehtimolini isbotlab berishni talab qilishgan. Mahkama o‘sha isbotlarni asosiy holda qarab chiqishi lozim deb ta‘kidlashgan. Lekin ushbu murojaatlar ham hakam tomonidan qoniqtirilmagan.

Ayblanuvchi Rashod Kamolov besh farzandi borligi, shunday katta oilasi va hamdard bo‘lgan qavmlari bor bo‘lgach, hech qayerga kochib ketmasligi haqida aytgan va tergovchilarning barcha savollariga javob berishga tayyor ekanligini bildirgan.

Advokat Valeryan Vaxitov Rashod Kamolov mahkama bilan tergov idorasiga amalda hech kanday xalaqit bermasligi, uning dindor tarafdorlari oldidagi mas‘uliyatini xam hisobga olib, albatta qochib ketmasligini ta‘kidlagan va mahkamadan sudlanuvchini uy qamog‘iga chiqarishni so‘ragan.

Lekin hakam Abdraim Kozuyev ko‘rsatilgan bu vajlarga e‘tibor bermagan va Rashod Kamolovni shu yilning 9 apreligacha qamoqda saqlashga qaror qilgan.

Himoyachilarning aytishicha, Rashod Kamolov o‘n kun vaqtincha saqlash izolyatorida, so‘ngra O‘sh shahridagi tergov qamoqxonasiga yoki Milliy xavfsizlik qo‘mitasining O‘sh viloyati boshqarmasi hibsxonaga o‘tkazilishi mumkin. Rashod Kamolovga qo‘yilgan ayblovlarga bog‘liq jinoiy ishlarni milliy xavfsizlik idorasi tomonidan ko‘rib chiqilishi bildirilgan.

Rashod Kamolov maxus xizmatning Bishkekdagi hibsxonasiga ko‘chirilishi ham mumkin, deydi himoyachilar.

Himoyachilar mahkama hukmiga qarshi O‘sh viloyat mahkamasiga shikoyat bilan murojaat etishlarini aytdilar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002