Misr uchoqlari Liviyadagi jangarilarni bombalagan

Image copyright EPA

15 fevral kuni o‘zlarini "Islomiy Davlat"ga sodiqligini e‘lon qilgan Liviyadagi jangarilar 21 misrlik Qibtis nasroniysining boshini tanasidan judo qilgani haqidagi videoni tarqatganlar.

16 fevral tongida Misr hukumati o‘zining harbiy uchoqlari Liviyadagi islomiy jangarilarni bombalagani haqida xabar tarqatgan.

Misr davlat televideniyesi xabariga ko‘ra, "Islomiy Davlat" jangarilarining jamloqlari, harbiy mashg‘ulot maydonlari va qurol-yarog‘ omborlari nishonga olingan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Liviyaning islomiy jangarilar o‘z nazoratida ushlab turgan Derna bandargoh shahri havo hujumlariga tutilgan.

Yakshanba kuni paydo bo‘lgan videoda norinj rangdagi kiyim kiygan insonlarning boshlari tanalaridan judo etilgani tasvirlangan.

Videoni liviyalik jangarilar e‘lon qilganlar, ular "Islomiy Davlat"ga bay‘at qilganlarini e‘lon etganlar.

Hozirgi paytda Liviya hukumati mamlakatning aksar hududlari ustidan nazoratni yo‘qotgan, turli hududlarga bir-biriga dushman bo‘lgan turli qurolli guruhlar egalik qilib turipti.

"Islomiy Davlat" Liviyaning har xil joylarida hujumlarni amalga oshirganini da‘vo qilgan.

Misrlik Qibtis nasroniylarining qatl qilinishi "Islomiy Davlat" nomidan Suriya va Iroq hududidan tashqarida sodir etilgan birinchi qatl bo‘lgan.

Ushbu qatlni Islom olamida eng nufuzli hisoblangan o‘quv dargohi "Al-Azhar" qoralab chiqqan, uni vahshiylik deb atagan.

Xalqaro miqyosda ham Islom dini nomidan sodir etilgan ushbu qotillik keskin qoralanmoqda.

Qatl qilingan Qibtis nasroniylari Liviyaga ishlab pul topish maqsadida borgan bo‘lganlar.

Qibtis nasroniylari ham Misr, va ham Liviya hududida istiqomat qilishadi.

Liviyadagi vaziyat notinch ekaniga qaramasdan, ko‘plab Qibtis nasroniylari u yerga yo‘l oladilar.

Misrlik ishchilar o‘tgan yili dekabri va shu yil yanvarida Sirte bandargoh shahrida qo‘lga olingan edilar.

Sirte shahri ham islomiy jangarilar nazorati ostida, misrliklar faqat nasroniy bo‘lganlari uchun ham nishonga olinganlar.

So‘nggi video e‘lon qilinganidan keyin Misrda norozilik namoyishlari uyushtirilgan, namoyishchilar Misr hukumatidan qatl uchun o‘ch olishni talab qilganlar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer