O‘zbek talaba: "Qizning o‘ldirilishi butun Turkiyani bombadek larzaga soldi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Turkiyada minglab ayollar 20 yoshli talaba qizning jinsiy zo‘ravonlik tahdidiga uchrab vahshiylarcha o‘ldirilishidan norozilik bildirib ko‘chalarga chiqqanlar.

Politsiya O‘zgechan Aslan nomli qizning jasadini turkiya janubidagi Mersin shahridan oquvchi daryo ostidan topdi.

Psixologiya fakulьtetida ta‘lim olgan qiz chorshanba kuni uyiga ketayotganida o‘g‘irlab ketilgan.

Uch gumondor erkak hibsga olingan. Politsiyaga ko‘ra, miniavtobus haydovchisi qizni zo‘rlashga uringan, biroq qiz unga qarshilik ko‘rsatganida uni pichoqlab o‘ldirgan, so‘ng yoqib yuborgan va daryoga uloqtirgan.

Haydovchining otasi va do‘sti ham qo‘lga olindi.

Istanbul va boshqa katta shaharlarda kechgan namoyishlarda ayollar "Bas, ayollarni o‘ldirishga chek qo‘yamiz!" degan shiorlarni ko‘tarib olishdi.

BBC Istanbulda tahsil olayotgan va vaziyatni kuzatgan o‘zbekistonlik talabadan mamlakatdagi hissiyotlar haqida so‘radi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002