"Islomiy Davlat"ga qarshi urush qanchaga tushmoqda?

Image copyright US Dept. Defense

60ga yaqin davlatdan iborat koalitsiya "Islomiy Davlat"ni "zavolga uchratish va oxir-oqibat yo‘q qilish" maqsadida tuzilgandi.

Koalitsiya 2014 yil 8 avgustidan guruhning Iroqdagi mavqelariga havodan hujum boshladi. Keyingi oydan IDning Suriyadagi nishonlari havo hujumlariga tutildi.

"Islomiy Davlat"ga qarshi 6 oydan beri davom etayotgan havo hujumlari qanday natija berdi?

Shanba kuni "Islomiy Davlat" shundoq Bag‘dod shimolida joylashgan to‘g‘on hududiga hujum uyushtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, misrlik qiptiy nasroniylarning boshi tanasidan judo qilinayotganiga oid videoni tarqatdi.

Image copyright none
Image caption Koalitsiyaga 60 davlat qo‘shilgan; 14 mamlakat havo hujumlarida faol rol o‘ynamoqda; AQSh Mudofaa vazirligiga ko‘ra, 2015 yil fevraliga qadar 2000 marta hujum uyushtirilgan; Kuniga o‘rtacha 10ta nishon uriladi.

ID lashkarlarining kuchiga oid hisob-kitoblar o‘zgarib turadi. Ammo, ko‘plab boshqa mamlakatlardan jangchilar "jihodda ishtirok etish" uchun Iroq va Suriyaga borishmoqda.

"Islomiy Davlat" qo‘shinlarining soni va qaysi mamlakatga tegishli ekaniga oid raqamlar:

Image copyright none
Image caption Iroq va Suriyadan 16 ming nafar; Boshqa xorijiylar 14 ming nafar; Ovro‘podan 1, 000 nafar. Manba: Markaziy Josuslik Byurosi, Pentagon (2015 yil, yanvar)

Mana bu "Islomiy Davlat" nazorat qilmoqda deb ishonilayotgan hududlar:

Image copyright none
Image caption ID nazoratidagi yerlar zarg‘aldoq rangda belgilangan; ID hujumi ostidagi joylar qirmizi rangda; IDga dastak bo‘lgan yerlarga qizil chiziq tortilgan.

2000 marta uyushtirilgan hujumlardan nimalarga erishildi?

Image copyright none
Image caption Iroq va Suriyada 6000 nafar ID jangchisi o‘ldirildi; Kobani uchun janglarda 1200 nafar ID jangchisi halok etildi; 200ta neft va gaz inshootlari vayron qilindi 1000ta jang mavqei, nazorat nuqtasi va binolar nishonga olindi. Manba: AQSh Mudofaa vazirligi

Iroqda koalitsiya 700 kvadrat kilometr hududni "Islomiy Davlat" qo‘lidan qayta tortib olgan. Bu Iroqdagi ID nazoratida qolayotgan yerlarning 1 foizidir.

Kampaniya qanchaga tushmoqda?

AQSh Mudofaa vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2015 yilning 9 yanvarigacha havo amaliyotlari uchun $1.3 milliard sarflangan. Kunlik o‘rtacha xarajat $8.3 millionga tushadi.

Biroq, bu Iroq, Afg‘oniston va Pokistondagi urushlarga ketayotgan mablag‘ning kichik bir bo‘lagi ekani aytiladi.

Image copyright BBC World Service
Image caption AQShning Iroq, Afg‘oniston va Pokistondagi urushlarga sarflaydigan mablag‘i kuniga $797 millionni tashkil qiladi; 2015 yil yanvarigacha IDga qarshi havo hujumlari uchun kuniga $8.3 million sarflangan. Hisob-kitoblar AQSh hukumati va Uatson xalqaro tadqiqotlar institutiga tegishli

Insoniy talofatlar

Koalitsiya havo hujumlari tufayli qancha sonda inson hayotdan ko‘z yumayotgani haqida aniq, ishonchli raqamlar yo‘q.

BMT bir yil oldin Suriyadagi o‘lim hollari haqida hisob-kitob qilmay qo‘ygan.

Tashkilot o‘z qarorini bu ishni qilish o‘ta qiyinligi bilan izohlagan.

Va janglar hali-veri nihoya topayotgani ko‘rinmaydi.

Qo‘shma Shtatlar Genarali Jon Allen qarama-qarshilikni "avlodlar janggi" deb ta‘riflagan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02