Hindistonlik kelin kuyovni naq to‘yning o‘zida o‘zgartirdi

Image copyright AFP

Xabarlarga ko‘ra, hammasiga to‘y marosimi chog‘ida qiz turmushga chiqayotgan yigitning tutqanog‘i tutib qolgani sabab bo‘lgan.

Hodisaning o‘zi esa, Hindistonning shimoliy O‘ttar-Pradesh shtatidagi Rampur shahrida yuz bergan.

Marosimda hozir bo‘lganlarning guvohliklariga ko‘ra, kasalingni nega oldindan aytmading, deb kelin kuyov va uning oilasidan rosa xafa bo‘lgan. Qahru g‘azabi toshgan.

Kuyov bolani naq to‘y marosimining o‘zidan kasalxonaga olib ketishgan.

Yolg‘iz qolgan kelin – Indira xonim esa, to‘yga kelgan mehmonlardan biriga murojaat qilib, o‘zini xotinlikka olishini so‘ragan.

Yangi kuyov esa, xabarlarga ko‘ra, eskisining qarindoshi bo‘lib chiqqan.

Voqea shohidlarining aytishlaricha, yangi kuyov ham kelinga noz qilib o‘tirmagan, taklifiga darhol ko‘nganu qo‘ygan.

Kuyovning kasalxonadan qaytishini kutar, deganlarning esa, barcha umidlari chippakka chiqqan.

To‘y avjiga chiqib, kutilmagan ikki yoshning oila qurishi bilan poyoniga yetgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02