Kompyuter tezligini oshirishning 5 yo‘lini o‘rganing!

Image copyright s

"Axir bu kompyuterni yaqindagina sotib oluvdim-ku! Nega bir programmani buncha uzoq vaqt ochadi bu?", deya xunob bo‘layapsizmi?

Aslida yaxshilab eslab ko‘ringchi, necha yil bo‘ldi yangi kompyuteringizni sotib olganingizga?

Olti yil deysizmi?

Agar siz axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lmasangiz, lekin kompyuteringizni almashtirish niyatingiz bo‘lmasa, BBCUzbek sizga kompyuteringiz tezligini oshirishning bir necha sodda yo‘lini o‘rgatadi.

1. Defragment yoki kompyuterning qattiq diskini defragmentatsiya qilish

Siz balki defragmentatsiya so‘zining ma‘nosini bilmassiz, lekin defragmentatsiya degan amal kompyuterning faoliyat yuritishi uchun qanchalar muhim ekanini tushunsangiz hayratga tushishingiz tabiiy.

Image copyright AFP
Image caption Agar mashinangizning sekinligi rosa jig‘ingizga tegayotgan bo‘lsa, keskin bir hatti-harakat qilishdan oldin ushbu besh qadamni qo‘yib ko‘ring!

Vaqt o‘tishi bilan har qanday zamonaviy qattiq diskning ishlash tezligi pasayib qoladi. Bunga disk ichida fayllar to‘planib qolgani sabab bo‘ladi. Odatda qattiq diskka fayllar yozib olinadi va o‘chirib tashlanadi. Buning natijasida har yil fayllarning har xil fragmentlari yoki bo‘laklari qattiq diskning har xil qismlarida saqlanib qolib ketadi. Bunday holat esa siz qidirgan faylni topish va uni ochishga sarflanadigan vaqt cho‘zilishiga olib keladi.

Disk to‘lib ketishi oldini olishning oson yo‘li - fayllarni turiga qarab turli qutilarda saqlashni odat qilish. Bunda siz qattiq disk xotirasidagi bo‘sh joyni ko‘paytirish bilan birga o‘zingizga kerakli faylni qidirib topishni ham osonlashtirasiz.

Defragmentatsiya qilish qiyin ish emas. Buni siz uchun maxsus programmalar bajarib berishadi. Misol uchun Smart Defrag 3 (Microsoft Windows 8.1 uchun) yoki iDefrag (Apple’s OS X uchun)

2. Sizga kerak bo‘lmagan fayllarni o‘chirib tashlang!

Bugungi kunda qattiq diskning 200 GB joyini bir zumda to‘ldirib qo‘yish mumkin. Va qattiq disk to‘lib borgan sari kompyuterning siz bergan "komanda"ni bajarishi ham mushkullashib boraveradi.

Image copyright Getty
Image caption Yangi kompyuter sotib olishdan oldin uydagi eskining xotirasini defragmentatsiya qilib ko‘ring!

Balki sizning kompyuteringiz xotirasida juda ko‘p joyni egallab yotgan, ammo sizga zarur bo‘lmagan eski fayllar bordir.

Balki bu fayllarning borligi sizning yodingizdan ham chiqib ketgandir.

Hozir qayerda qanday eski fayl saqlanayotgani topib beradigan programmalar ham ko‘p.

You probably have a lot of old files that you don’t ever use any more, occupying valuable space on your computer. Misol uchun SpaceSniffer yoki WinDirStat dasturlari xotirani eng ko‘p egallab turgan fayllarni osonlik bilan topib berishda yordamlashadi.

Agar siz OS X ga asoslangan Mac dan foydalanayotgan bo‘lsangiz, sizga yanada oson. Kompyuterning Finder(Topuvchi) funktsiyasini ishga solib, qattiq diskdagi har qanday applikatsiya yoki programma, fayl, papka yoki DVD drayvlarini topish mumkin. Bu yerdan siz o‘z fayllaringizni tartibga solishingiz, zarur bo‘lmagan har har narsani o‘chirib tashlashingiz mumkin.

3. Programmalarning avtomatik ishga tushishi oldini oling!

Image copyright Getty
Image caption Balki kompyuteringiz ichida siz borligini esdan ham chiqargan ko‘p xotirani egallab yotgan fayllar bordir?

Bu kompyuteringizni endi qo‘shgan vaqtingizda tez ishlab ketishi uchun zarur amaldir.

Chunki kompyuterni ishga tushirishingiz bilan ko‘plab applikatsiya va dasturlar ham ishga tushib ketadi. Biroq ularning hammasi ham aynan hozir sizga kerak emas-ku, to‘g‘rimi?

Kompyuter qo‘shilishi bilan qaysi programmalar ishga tushib ketishini aniqlab olish qiyin emas.

OS X dasturida Activity Monitor va Windowsdagi Task Manager sizga hozir qaysi programmalar ishlab turganini ko‘rsatadi. Agar qo‘lingiz ostidagi Mac bo‘lsa, System Preferences yoki Sistemnye nastroyki bo‘limiga boring, undan Users and Groups yoki Guruhlar va foydalanuvchilar papkasiga borib, qaysi protsessni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, to‘xtating.

Agar PC dan foydalanayotgan bo‘lsangiz, undagi Autorunni ishga solib avtomatik ishlab ketadigan programmalarni nazorat qilishingiz mumkin.

4. Virus va 'malware' - zarar keltiradigan dasturlardan qutuling!

Ayrim odamlar kompyuteriga antivirus o‘rnatmaydi. Nega desab so‘rasangiz, "antivirus" ko‘p xotirani egallaydi, ayniqsa, eski kompyuterlarning ko‘p kuchini tortib oladi, deb javob beradilar.

Kompyuter bilimdoni bo‘lmaganning esa bexavotir bo‘lishi uchun antivirusni kompyuteriga o‘rnatgani yaxshi.

Image copyright Getty
Image caption Antivirusni kompyuterdan nima maqsadda foydalanayotganingizga qarab tanlang!

Siz kompyuterdan qanday maqsadda foydalanishingizdan kelib chiqib antivirus dasturiy ta‘minotini tanlashingiz mumkin. Kompyuterning kam xotirasini egallaydigan va kam quvvatini talab qiladigan antiviruslar sirasiga Microsoft Security Essentials, Panda Cloud y Aviralarni kiritish mumkin. PC lar uchun mo‘ljallangan antiviruslarning ro‘yxati esa rosa uzun.

Mac kompyuterlari virusni yuqtirmaydi, degan fikr tarqalganiga qaramasdan, agar Apple kompyuteringiz sekin ishlab qolgan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling. Bepul Avast yoki Sophos antiviruslari bilan kompyuterni tekshirib oling!

5. Web-applikatsiyalardan foydalaning!

Yana bir maslahat, sizga nimaiki kerak bo‘lsa, hammasi Google Docs, Adobe’s Buzzword yoki Zoho yoki Peepel ichidan topilsa, siz o‘zingizning kompyuteringiz uchun Office ni sotib olib, kompyuteringizga o‘rnatishingiz shartmi?

Bugungi kundagi brauzerlar ichidagi web-applikatsiyalar deyarli barcha ishni bajaradi.

Web-applikatsiyalar ikki jihati bilan afzal: ham yengil ishlaydi va ham qattiq diskda ko‘p joyni egallamaydi.

Mana shu besh maslahatni qilib ko‘ring va ana undan keyin kompyuteringiz tezligini tekshiring!

Ana shunda ham tezroq ishlamasa, mutaxassisni chaqirish yoki yangi kompyuterga chiqim qilish ustida bosh qotirishga to‘g‘ri kelar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer