Umida Ahmedova: "Men Rossiyaga bayroq ko‘tarib bormadim. Mening missiyam - san‘at"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistonlik mashhur fotograf Umida Ahmedovaga Rossiyaga kirish man qilingan. Ahmedova xonim shu kunlarda Voronejda bo‘lib o‘tadigan tadbirda ishtirok etishi mo‘ljallangandi, biroq Rossiyaga uchish uchun Toshkent aeroportiga kelganida, unga avia shirkat vakillari Rossiya FSBsi, ya‘ni federal xavfsizlik xizmati tomonidan mamlakatgan kirishi ta‘qiqlangani haqidagi qog‘ozni berganlar.

O‘zbekistonda Umida Ahmedova 2010 yilda o‘z asarlari bilan millatni haqorat qilishda aybdor deb topilib jazoga tortilgan. O‘tgan yili esa Ukrainadagi mustaqillikni dastaklab o‘tkazgan tadbiri uchun ma‘muriy javobgarlikka tortilgandi.

Uning Bi-bi-siga aytishicha, Rossiyaga kiritilmasligi borasidagi qaror izohlanmagan. Fotograf bu qaror xato bo‘lishi mumkinligi yoki Rossiyadagi o‘zbek mardikorlari huquqlarining toptalishiga qarshi internet orqali qilgan chiqishlari oqibati bo‘lishi mumkinligi borasidagi farazlarni bildirdi.

Suhbatni tinglang.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02