Orol: fojea va umid

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Orolning qurishi o‘tgan asrda odamzod amalga oshirgan dunyodagi eng ulkan ekologik qotillik, deyiladi.

O‘zbekistonda millionlab odamlar hamon bu fojea asoratlari bilan yashashmoqda.

Qozog‘iston qutqarayotgan Kichik Orol esa bir necha ming kishi hayotini yaxshilayapti. O‘lik dengiz o‘rnida hayot qanday?

BBC O‘zbek va Jahon xizmatlari uchun tayyorlangan "Dengizini yo‘qotgan xalq" maxsus multimedia dasturi muallifi Rustam Qobil Qozog‘iston qaytarayotgan Kichik Oroldan manfaat ko‘rayotgan va, ayni damda, hamon dengizga ko‘z tikib umr o‘tkazayotgan insonlar bilan suhbatlashgan.

Bu onaxonlar va otaxonlar ekologik fojea boshlanishidan beri uning ichida yashashadi. Endi esa umid bilan dengizni kutishmoqda.

Lekin bu Kichik Orol bo‘yidagi manzara.

Katta Orol joylashgan O‘zbekistonda esa hech kim dengizni kutmaydi. Chunki o‘zbeklar endi ularning dengizi qaytmasligini yaxshi bilishadi.

Payshanba, 26 fevral kuni BBC Newsnight teledasturi Britaniya tomoshanbinlari e‘tiboriga ham havola etgan ushbu lavha fojea va umidni qozog‘istonlik insonlar tilida akslantiradi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Muallif: Rustam Qobil.

Teleprodyuser: Eliz Uiker.

Radioprodyuser: Neyl Trivitik.

Tasvirchilar: Tomas Hannen va Charli Nyuland.

Tadqiqotchi: Shodiyor Sayf.

Lavhada Qozog‘iston Davlat Arxivi tasvirlaridan foydalanilgan.