Gulnora Karimovaning "yo‘qolgani"ga bir yil bo‘ldi

Image caption Gulnoraning "o‘tgan kunlari"...

O‘zbek prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova omma ko‘z o‘ngidan yo‘qolib, o‘zining barcha foaliyatlarini to‘xtatganiga bir yil to‘ldi.

Bu vaqt mobaynida uy qamog‘ida saqlanayotgani aytiladigan Karimova aftidan tashqi olamdan butkul uzib qo‘yilgan.

“Yo‘qolib” qolishidan avval O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida o‘ziga xos “inqilob” yasagan Karimova xonim hozir hatto internetda ham ko‘rinmay qolgan.

Karimova o‘z faoliyati cho‘qqisida ko‘plab tarafdorlarga ega edi, biroq bu voqealardan bir yil o‘tib ushbu muxlislar armiyasining ovozi butunlay tingan.

Jumladan o‘zlariga yangi yaratilgan imkoniyatlarni, bir vaqtlar Karimova homiylik qilgan O‘zbek shou-biznes vakillari bugun quvonch bilan kutib olmoqdalar.

Bunga misol sifatida Karimova tashabbusi bilan yaratilgan M&TVA Avards o‘rniga kelgan E‘tirof, hamda TV Markaz o‘rnini egallagan yangi My5 kanalini keltirish mumkin.

Qolaversa,Twitter ni haligacha faol ishlatib kelayotgan qo‘shiqchi va aktyorlar Gulnora Karimova mavzusini chetlab o‘tishmoqda.

O‘tgan yili Karimovaning qo‘llab-quvvatlash uchun uchun chet elda tashkil qilingan Free Gulnara.com Internet sahifasi faoliyati ham sekin-asta susaymoqda.

Saytdagi o[irgi habar o‘tgan yilning oktyabr oyida joylashtirilgan.

Onasining beayb ekanligini bir necha bor takrorlagan kichik Islom Karimov ham 2014 yilning noyabr oyida BBC bilan suhbatdan keyin yana sukutga cho‘mgan.

Xalqaro inson huquqlari tashkiloti HRW Votch vakillari Andrew Shtrolayn va Stiv Sverdlov fikricha, uy qamoqida bo‘lsa ham Karimovaning ahvoli boshqa ko‘plab huquqlari toptalayotgan o‘zbekistonliklar holidan ko‘p chandon yaxshiroqdir.

Shuning uchun ham Gulnora Karimovaning boshiga tushgan tashvishlardan boxabar bo‘lgan ko‘plab insonlar bundan kuyunayotganlari yo‘q.

O‘ziga qarshi jinoiy ishlar ochilganiga qadar Karimova O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish uchun biror-bir tayinli ish qilmagan, deydi halqaro huquq faollari.

Sobiq elchi, qo‘shiqchi, dizayner, tadbirkor va ijtimoiy tarmoqlar faoli sifatida tanilgan Karimova korruptsiyada ayblanib 2014 yilning fevral oyida qo‘lga olingan.

U uy qamog‘idan turib bir necha marta ommaviy axborot vositalarini o‘z holidan xabardor qilishgan muvaffaq bo‘lgan edi.

Hukumatning Karimovaga qarshi harakatlari 2013 yilda boshlangan edi.

2014 yil boshlaridan uning bir qancha yaqin sheriklari qamoqqa olindi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02