Zaur Dadayev o‘zining begunohligini ta‘kidlamoqda

Image copyright Reuters

Rossiyaning fevral oxirida otib ketilgan taniqli muxolifatchisi Boris Nemtsov o‘limida gumon qilingan asosiy gumonlanuvchi Zaur Dadayev o‘zini qiynoqlarga solinganini aytgan va qotillikni bo‘yniga olmagan.

Zaur Dadayev va sherigiga qotillik ayblovi yakshanba kuni ilgari surilgan edi. Endi esa u aybsiz ekanini aytmoqda.

Image copyright AFP

Uch gumonlanuvchi hozirda hibsda qolmoqda. Ulardan biri hibsda surishtiruv xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganini ma‘lum qilgan.

Bundan tashqari shu paytgacha janob Nemtsov o‘limiga nima sabab bo‘lgani haqida rasmiy xabar yo‘q.

Image copyright Reuters

Nemtsovning do‘stlari va safdoshlari u Sharli Ebdo karikaturalari haqidagi fikrlari uchun o‘ldirilgani mumkinligini shubha ostiga oladilar.

Ularga qaraganda, Nemtsov ko‘proq Prezident Putin haqidagi tanqidlari bilan tanilgan edi.

BBS muxbiriga ko'ra, Zaur Dadaev turmada boshiga qop kiygizib qiynaganlari uchun "Nemtsovni o'ldirdim", deb tan olishga majbur bo'lganini so'zlagan.

U mahkamada haqiqatni aytmoqchi. Boshqa gumonlanuvchi Gubashev ham tergovchilar tomonidan hali Moskvaga olib kelinmay turib kaltaklanganini gapirgan va aybsizligini aytgan.

Checheniston rahbari Ramzan Kodirov ilgariroq gumonlanuvchilarni oldindan yaxshi taniganini, Zaur Dadayevni taqvodor musulmonligi va payg‘ambarga karshi karikaturachilarni yoklaganlardan, jumladan Nemtsovning so‘zlaridan g‘azabga kelganini ta‘kidlagan, Dadayevni "haqiqiy vatanparvar" deya maqtagandi.

Image copyright Getty

Nemtsov o‘tgan yil yozda o‘ziga nisbatan Facebook orqali o‘lim tahdidlari olganini yozgan.

Nemtsov o‘limi Ukrainadagi voqealarga bog‘liqligi ko‘proq taxmin qilinadi. Boris Nemtsov Ukraina sharqida Rossiya harbiylarining ishtiroki haqida ma‘lumotlarni to‘plab, e‘lon qilishni rejalayotgan bo‘lgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02