Isroilda muddatidan ilgari parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Image copyright Reuters

Joriy Bosh vazir Benyamin Netanyahu partiyasining asosiy raqibi markazchi so‘lqanot partiyalar ittifoqi bo‘lishi kutilmoqda.

"Sionistlar ittifoqi" g‘alaba qozongani taqdirda falastinliklar va xalqaro hamjamiyat bilan munosabatlarni yaxshilashga va‘da bergan.

O‘z navbatida Netanyahu to‘rtinchi muddatga saylanishga muvaffaq bo‘lsa, Falastin davlatining barpo etilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgan.

Hech qaysi tomon ovozlarning chorak qismidan ko‘pini olishi kutilmayapti.

Saylovlar ortidan yangi koalitsion hukumatni tuzish bo‘yicha uzoq muzokaralar boshlanadi.

Omma so‘rovi natijalariga ko‘ra, Netanyahu tashabbusi bilan o‘tayotgan muddatidan ilgari saylovlarda eng ko‘p ovozni "Sionistlar ittifoqi" oladi.

Ammo BBCning Quddusdagi muxbiri Kevin Konnoliga ko‘ra, Netanyahuning Likud partiyasi saylovlarda g‘alaba qozonmagani taqdirda ham u koalitsiya tuzishi mumkin.

Isroildagi saylovlar tarixida bironta ham partiya aksariyat ko‘pchilik ovozni olmagan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02