Jinsiy tarbiyani qachon boshlagan ma‘qul?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘tayotgan hafta davomida Britaniyada eng qizg‘in bahs etilgan mavzulardan biri - maktablarda jinsiy tarbiya darslari bilan bog‘liq bo‘ldi.

Britaniya hukumati maktab o‘quvchilariga jinsiy aloqaga rozilik berish mavzusi ham qamrab olingan saboqlarni 11 yoshdan boshlashga bag‘ishlangan yo‘riqnomani ishlab chiqqan.

Bunga parlamentning yangi hisoboti turtki bergan, bu hisobotda jinsiy tarbiya saboqlari barcha o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lmog‘i lozim degan xulosaga kelingan. Ayni masala hamon qizg‘in bahs etilmoqda.

Ayrim britaniyalik siyosatchilar xatto besh yoshli bolalarga xam jinslar xakida ma‘lumot berish kerak degan fikrni olg‘a surishgan.

Britaniyada bolalarni jinsiy tarbiyalash masalasi o‘ta noziklaridan sanaladi, ammo Markaziy Osiyo mamlakatlarida bu masalaga qanday qaraladi?

Qirg‘izistonning sobiq muftiysi Chuvoq hoji Jalilov BBC bilan suhbatda o‘z fikrlarini izhor etar ekan, jinsiy tarbiya masalasiga qarshi emasligini aytdi.

Ammo uning aytishicha, "albatta, qizlarga va bolalarga jinsiy tarbiyadan saboq berish kerak, ammo qizlarga ayollar, bolalarga esa erkaklar o‘rgatishi kerak. Ammo bu yerda bir masala muhim shariat bo‘yicha, bizda nikohdan avval jinsiy aloqa qilish ikki tomon roziligi bilan sodir bo‘ladi degan gap yo‘q, ya‘ni, shariat bo‘yicha, avval nikoh, keyin jinsiy munosabatlar. Nikohgacha emas".

O‘zbekistonlik o‘qituvchi Lola Eshonqulovaga ko‘ra, bu masalada milliy an‘analar va bolalarning yoshi hisobga olinishi kerak. Jinsiy tarbiya darslaridan ko‘ra, salomatlik darslari ma‘qulroqdir...

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02