Tunis prezidenti terrorga qarshi "shafqatsizlarcha" kurashmoqchi

Tunis poytaxtidagi Bardo muzeyida amalga oshirilgan qurolli hujum 19 kishini nobud qilishi ortidan Tunis rahbari terrorchilikka qarshi "shafqatsizlarcha" kurashishga va‘da berdi.

Rasmiylarga ko‘ra, hujumda halok bo‘lganlarning 17 nafari sayyohlar, xususan Yaponiya, Italiya, Kolumbiya, Avstraliya, Frantsiya, Polsha va Ispaniya fuqarolari bo‘lishgan.

Tunislik bir politsiyachi va oddiy fuqaro ham hujumda nobud bo‘lishgan.

Image copyright AFP

Xavfsizlik kuchlari ikki hujumchini o‘ldirishgan va ayni damda ularning sheriklarini qidirishmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, 40dan oshiq odam hujumda jarohat olganlar.

"Demokratiya g‘alaba qozonadi"

Prezident Beji Said Essebsi o‘z mamlakati "terror bilan urush"ga kirganini aytdi.

Image copyright AFP

"Bu jirkanch ozchilik bizni qo‘rqita olmaydi. Biz ularga qarshi shafqatsizlarcha kurashamiz. Demokratiya g‘alaba qozonadi va davom etadi", - dedi u.

Hujum paytida muzeyga qo‘shni parlament binosida deputatlar aksilterrorchilik qonunlarini muhokama qilishayotgandi.

Parlament avvaliga evakuatsiya qilingan, biroq kechroq favqulodda sessiyaga yig‘ilgan.

Ko‘plab tunisliklik norozilik bildirib poytaxt markaziga chiqishgan va bayroqlarni hilpiratib muzey tashqarisida sham yoqishgan.

Image copyright AP

Bu hujum Tunisning yirik turizm sanoati uchun katta zarba bo‘lmoqda. Bir necha oy avval uzoq o‘zgarishlar ortidan shakllangan hukumat ham qattiq shikast yemoqda.

Tunisda islomiy jangarilar siyosiy islohotlarni izdan chiqarishga uringanlar, biroq shunga qaramay Tunis Yaqin Sharqdagi arab bahorining eng muvaffaqiyatli misoli bo‘lib qolmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002

Your contact details
Disclaimer