Kanada va AQShning buxorolik yahudiylari o‘zbek saylovini kuzatgani kelishdi

Image copyright uzreport.uz

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov payshanba kuni AQSh va Kanadaning buxorolik yahudiylari kongressi rahbarlarini qabul qildi.

Hukumatga yaqin uzreport.uz sayti xabar berishicha, Boris Qandov va Nerri Yushvayeva-Kavaler O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini kuzatadilar.

Mazkur ikki vakil prezidentlik saylovlarini kuzatish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan 400 xalqaro kuzatuvchilar orasida bo‘ladilar.

Biroq, mustaqil xalqaro matbuot uchun saylovlarni bevosita kuzatishga ruxsat yo‘q.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi bildirishicha, janob Komilov AQSh va Kanadaning buxorolik yahudiylari kongressi rahbarlari bilan O‘zbekiston va Amerika orasidagi madaniy va gumanitar hamkorlikni muhokama qilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002