Kobulda g‘azablangan olomon afg‘on ayolini o‘ldirdi

Image copyright Getty
Image caption Kobullik ayol qatl qilingan joy yaqinidagi masjid

Kobuldagi masjidlardan birining yaqinida "Qur‘onni yoqdi" degan vaj bilan g‘azablangan olomon bir afg‘on ayolini urib o‘ldirgan.Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan,tekshirilmagan videolavhalarda o‘nlab kishilar burqada bo‘lgan bir ayolni shafqatsizlarcha do‘pposlayotgani tasvirlanadi.

Ayrim manbalarda keyinroq uning jasadiga o‘t qo‘yilgani aytiladi, ba‘zi tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, ayol yoqilgan payti tirik bo‘lgan.

Kobul politsiyasi esa ayni hodisada ayolni qutqarishga qodir bo‘lmaganini aytgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ayni hodisaning o‘nlab talqinlari mavjud, ularning aksariyatida politsiya bu ommaviy do‘pposlash hodisasini kuzatib turgan, xolos.

Mahalliy televizion kanallar bilan gaplashgan bu ayolning yaqinlari uning ruhiy xasta ekanini aytishgan. BBC ayni hodisa yuzasidan so‘nggi xabarlarni o‘rganmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002