O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarga savol yo‘llang

BBC mehmoni ruknimizning maxsus sonida 29 mart kuni o‘tadigan saylovlarda prezidentlikka nomzodlardan tinglovchilarimiz va BBCUzbek.com o‘quvchilarining savollariga javob olishga harakat qilamiz.

BBC nomzodlar - Islom Karimov, Hotamjon Ketmonov, Narimon Umarov va Akmal Saidovga yo‘llagan savollaringizni ularning saylov qarorgohlari va matbuot xizmatlari e‘tiboriga havola qiladi.

O‘zbekistondagi tajribadan kelib chiqqan holda nomzodlarning savollarni javobsiz qoldirishlari ehtimolini istisno etmaymiz, ammo bu sizning saylovlar va mamlakat taqdiriga e‘tiboringiz nuqtai nazaridan muhim, degan fikrdamiz.

Savollaringizni uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimiz hamda Whatsapp +44 78-58-86-00-02 raqamlarimizga yo‘llashingiz, shuningdek, Facebook va Odnoklassniki dagi BBCUzbek sahifalarida qoldirishingiz mumkin.

Savollaringiz ushbu sahifada chop etib boriladi.

Image copyright Getty AFP
Image caption 77 yoshli Islom Karimov 4-marta prezidentlikka saylanmoqda
Image copyright bbc
Image caption Narimon Umarov 1954 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan nomzod. Kasbi muhandis
Image caption XDP nomzodi Hotamjon Ketmonov nomzodlar ichida eng yoshi. U 1969 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Siyosiy faoliyatini boshlashdan avval o‘rta maktabda rus tili va adabiyotidan dars bergan
Image caption 57 yoshli Akmal Saidov O‘zbekistonning inson haqlari bo‘yicha bosh muzokarachisi. U Tashabbus guruhidan nomzod. 2007 yildagi prezidentlik saylovlarida 4 nomzod orasida 4-o‘rinni egallagan. Kasbi huquqshunos