Qulab tushgan Germanwings uchog‘idan hech kim omon qolmagan

Image copyright EPA
Image caption Qutqaruv ishlari Chorshanba kuni davom etadi

Fransaning Alp tog‘lariga qulagan uchoqdagi 150 nafar yo‘lovchi va ekipaj a‘zolari qurbon bo‘lishgan.

Uchoq Barselonadan Dyusseldorfga tomon parvozda bo‘lgan.

Airbus A320 Digne va Barselonet oralig‘idagi mintaqaga qulagan.

Image copyright BBC World Service
Image caption Falokat joyi baland tog‘lar orasida

"Qora quti" topilgan, ammo hamon uchoq halokatining sabablari aniq emas.

Qulashidan avval uchoq qutqaruv signallarini yubormagani aytilmoqda.

Germanwings Olmoniyaning Lufthansa shirkatiga tegishlidir.

Germanwings o‘z sohasidagi arzon havo transporti vositasi bo‘lgan va xavfsizlik nuqtai nazaridan hozirga qadar nuqsonsiz xizmat ko‘rsatuvchi havo shirkati sanalgan.

Fransa, Ispaniya va Olmon rahbarlari bu fojeadan dahshatga tushganlarini aytishgan.

Qurbon bo‘lgan yo‘lovchilarning aksariyati Ispaniya va Olmoniya fuqarolaridir.

Ular orasida 16 nafar maktab o‘quvchilari bo‘lgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, halokatga uchragan uchoq yo‘lovchilari orasida uch nafar qozog‘istonlik ham bo‘lgan.

Olmon kansleri Angela Merkel halokat ro‘y bergan mintaqaga safar qilishni rejalayotgani haqida ma‘lum qilgan.

Oq uyga ko‘ra, ayni halokatda terrorizm alomatlari yo‘q.

Image copyright BBC World Service
Image caption Falokat yuz bergan joy xaritasi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02