Islom Karimov necha foiz ovoz bilan g‘alaba qiladi?

O‘zbekistonda shu hafta oxirida o‘tkazilajak prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qilishi borasida deyarli hech kimda shubha yo‘q.

Lekin bu kabi natijasi avvaldan aniq saylovlarda ham bir savol kun tartibida... U ham bo‘lsa joriy prezident Islom Karimov necha foiz ovoz bilan g‘alaba qozonar ekan?

Agarda hozirda saylovlarda qatnashayotgani aytilgan janob Karimovdan tashqari yana uch nomzod 1 milliondan imzo yig‘ib, saylov poygasiga qo‘shilgani nazarda tutilsa, oddiy arifmetik hisob-kitob bilan, janob Karimov ko‘pi bilan 85% dan ortiq ovoz olmasligi kerakligini bashorat qilish mumkin.

Garchi bundan ko‘p ovoz olsa, unda tabiiy savol, boshqa nomzodlarni qo‘llab imzo qo‘yganlar ham oxir oqibat janob Karimovga ovoz berganlarini saylov komissiyasi da‘vo qilarmikan?

Parijdan siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovning BBC bilan suhbatda aytishicha, Islom Karimovning 85-90% ovoz bilan g‘alaba qilishini anchayin aniqlik bilan hozirdanoq bashorat qilish mumkin.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer