Islomiy qonunni tanqid qilish shakkoklikmi?

Image caption Lavhada jurnalist viloyat chegarasini kesib o‘tib, o‘z xohishiga qarshi boshida ro‘mol o‘ragan holda topadi

Malayziyada Islomiy qonunlarni tanqid ostiga oluvchi hajviy videolavhaning chop etilishi bu soha o‘ta nozik ekanligi va mamlakatdagi so‘z erkinligi cheklovlarini namoyish etdi.

Jurnalist Oysiyoh Tojiddin tomonidan tayyorlangan lavhada Malayziya viloyatlaridan birida Islomiy qonunlarni joriy etish taklifi satirik tarzda, hazil bilan tanqid qilingan, lekin shunga qaramay unga qarshi o‘lim va zo‘rlash tahdidlari kelib tushmoqda.

Yaqinda Pan Malayziya Islomiy partiyasi - PAS Kelantan viloyatida Shariatda ko‘rsatilgan hudud qonunlarini tadbiq etishni taklif qilgandi.

Ushbu qonunlarga muvofiq zino, shakkoklik, o‘g‘rilik va bosqinchilik taqiqlangan bo‘lib, jazo sifatida omma o‘ngida savalash, toshbo‘ron qilish, qo‘l va barmoqlarni kesish va qatllar nazarda tutilgan.

BFM mustaqil radiostantsiyasida ishlovchi jurnalist Oysiyoh o‘z lavhasida Kelantan viloyati hududini kesib o‘tar ekan, boshida ro‘mol paydo bo‘ladi va "guruch" deb yozilgan xaltaning ichidan tosh topadi.

"Ha, aytgandek, bu yerda hudud hukmronku", - deya, u ko‘z qisib qo‘yadi.

Uning aytmoqchi bo‘lgan mujdasi PAS Islomiy qonunlar haqida bosh qotirgandan ko‘ra, toshqinlardan aziyat chekkan mintaqadagi iqtisodiy muammolar va qayta qurish ishlari bilan shug‘g‘ullanishi afzalroq bo‘lardi.

Ushbu lavha YouTube va Facebook orqali tarqalib, 780,000 ga yaqin inson tomonidan tomosha qilingan.

Lekin shuhrat bilan birga lavha qattiq qarshilikka ham uchradi.

Facebook da qoldirilgan po‘pisalardan birida, "Kimda-kim Olloh qonunlarini haqorat qilsa, qoni to‘kilish uchun haloldir", - deya aytilgan.

Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi po‘pisalar bilan ish tugagani yo‘q. Oysiyoh hozirda shakkoklik uchun politsiya tomonidan tekshiruv ostida. Aybdor deya topilgan holatda, u bir yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Ayni vaqtda Kelantan viloyatida hudud qonunlarining joriy etilishi ehtimoldan uzoq deyilmoqda.

Chunki Kelantan viloyati Kengashi taklifni ma‘qullagan bo‘lsa ham, parlamentda tasdiqdan o‘tkazish uchun PAS yetarli qo‘llovga ega bo‘lishi ehtimoli juda kam.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer