Islomiy Davlat Damashqdagi qochqinlar jamlog‘iga kirdi

Image copyright .

Islomiy Davlat jangarilari Suriya poytaxti Damashqdagi falastinlik qochqinlar jamlog‘iga bostirib kirishgan. Bu haqda faollar va Falastin rasmiylari xabar tarqatdi.

Aytilishicha, jamloq ichida jangarilar va qochqinlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga kelgan. To‘qnashuvlar ortidan ID jamloqning ko‘p qismi ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olgan.

BMTning aytishicha, jamloqda 18 mingdan oshiq falastinlik qochqinlar bor.

Guvohlar va matbuotdagi xabarlarga ko‘ra, jangarilar qo‘shni Hajar Asvad mavzesidan bostirib kelganlar.

Yarmuk nomli qochqinlar mavzesi 1948 yilda Arab-Isroil urushidan qochgan falastinliklar uchun qurilgandi va bir vaqtlar falastinlik qochqinlarning norasmiy poyxati deb qabul qilingan.

Suriyadagi fuqarolar urushigacha jamloqda 150 ming qochqin yashagan. Ular o‘z masjidlari, maktablari va idoralariga egalar.

Biroq, 2012 yildan beri bu mavze hukumat qo‘shinlari va isyonchilar o‘rtasidagi janglar orasida qolib ketdi.

BMTga ko‘ra, 18 ming odam ichimlik suvi va elektr quvvatisiz jamloqda qolib ketgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02